Jizzax shahrida 26 yoshli kishi o‘z mahallasiga kirib kelayotib, yoshdagi farqiga qaramay do‘stona munosabatda bo‘lgan qo‘shnisiga salom berdi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Biroq 19 yoshli yigit birdan haqoratli so‘zlar bilan unga tashlanib pul talab qiladi. Keyin esa pichoqni olib, unga zarba beradi va jabrlanuvchining cho‘ntagidan 110 ming so‘m pulni olib qochadi.
Yaxshiyamki, yara unchalik jiddiy bo‘lib chiqmaydi. Jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. Ikki soat ichida muqaddam sudlangan zo‘ravon qo‘lga olinadi. Ushbu hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)