Toshkent shahrida 16-20-aprel kunlari 11-Turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga asoslanib, Uzdaily.uz xabar berdi.
Kinohaftalik Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va turizm bo‘limi tomonidan tashkil etilmoqda. Filmlar namoyishi Radisson SAS mehmonxonasidagi Grand Ball Room zalida bo‘lib o‘tadi.
Kinotomoshabinlar e’tiboriga beshta turk filmi havola etiladi: 16-aprel – “Qizil durracha”17-aprel – “Tashkiliy ishlar” 18-aprel – “Boshqa tildagi sevgi”19-aprel – “Muzqaymog‘im – qaymoq”20-aprel – “Shirin hayot”
Barcha filmlar o‘zbekcha subtitrlari bilan turk tilida namoyish etiladi. Tomoshalarga taklifnomalar bilan kiriladi. Har bir seans 18:30da boshlanadi.
Izoh (0)