Ozodbek Nazarbekov o‘zining “Ardog‘imdasiz” nomli konsert dasturida jonli ijroning oltin qoidasi haqida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Darakchi” nashri.
“Biror qo‘shiq tugagach, muxlislarning qarsak ovozlari qanchalik balandroq chiqsa, san’atkorning ovoz imkoniyatlariga imkoniyat qo‘shiladi, – dedi O‘zbekiston xalq artisti. – Raqslar raqslarga ulanib, muxlislar musiqaga mos xirom aylasalar, sozandalar o‘zlari bilmagan holda qobiliyatlaridan-da ortiqroq kuch bilan harakat qiladi.
Aksi bo‘lib, muxlislar hech qanday munosabat bildirmasa, san’atkorning ham, sozandalarning ham ruhi sinadi, natijada konsert jonsiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan biror konsertdan so‘ng uyga borib, ‘juda yaxshi o‘tdi, konsertda maza qildim’, desangiz yoki o‘ylasangiz, bilingki, konsertning ajoyib o‘tishida, avvalo, sizning xizmatingiz yuqori bo‘lgan”.
Izoh (0)