Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent shahriga Chevrolet Tracker va Chevrolet Aveo avtomobillari olib keltirilgani aks etgan suratlar chop etildi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker avtomobili ham ishlab chiqarilishi mumkin, biroq qachonligi aniq emas. Izoh qoldirganlarning aksariyati Tracker’ga ancha yuqori baho bergan. Aveo esa Nexia, Lacetti yoki Cobalt o‘rnini bosishi taxmin qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil sentabr oyida hukumat qarori bilan “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari General Motors Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida yangi T250 (Chevrolet Aveo) modelidagi avtomobillarni seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)