Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

GM Uzbekistan AJ QK 2015-yilning yanvar—mart oylarida Rossiyaga avtomobil sotish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,9 foizga kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Uch oy davomida Rossiyaga jami 5411 ta mashina sotilgan, biroq aynan qaysi modellar qanday hajmda sotilgani haqida ma’lumot taqdim etilmadi.

Martda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 61,8 foizga kamayib, 1757 donagacha tushib ketdi.

2015-yilning yanvar—martida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,4 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2,1 foizga teng bo‘lgan.

Mart oyi yakunlari bo‘yicha GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 20-o‘rinni egalladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi