Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 6-aprel kuni ichki ishlar idoralari tomonidan o‘tkazilgan operativ tadbir natijasida Bo‘ka shaharida yashovchi, 30 yoshli shaxsning qo‘lidagi sumkasidan 1 kilogramm 106 gamm marixuana giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)