O‘zbekistondagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ikki qavatli avtobuslarda poytaxt bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga tayanib.
Faxriylar Toshkentdagi e’tiborga sazovor obidalarni ziyorat qildi, gid ularni yo‘nalish bo‘ylab joylashgan obyektlar bilan tanishtirdi. So‘ng ular uchun bayram dasturxoni va madaniy dastur uyushtirildi.
Izoh (0)