3-aprel kuni AQShning Toshkentdagi elchisi Pamela Spratlen va O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Xalqaro soliqqa tortishni FATCA (Foreign Account Tax Compliance Act — “Xorijiy hisoblarni soliqqa tortish to‘g‘risida”gi qonun)ga muvofiq tartibga solish haqida hukumatlararo bitim imzoladi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda AQSh bilan FATCA bo‘yicha bunday bitim tuzgan ilk mamlakat bo‘ldi. Ushbu qonun xorijda moliyaviy hisob raqamlariga ega amerikalik soliq to‘lovchilarning soliq to‘lashdan qochishiga qarshilik ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)