Namangan viloyati Pop tumanida 2015-yil 7-aprel kuni 130 kVt quvvatiga ega sinov fotoelektr stansiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Stansiya Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi hamda O‘zbekiston respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘rtasidagi hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida qurilgan.
Pop tumani hokimi Bahodir Rahmonov aytishicha, Janubiy Koreya stansiya qurilishi uchun 700 ming dollar miqdorida grant mablag‘larini taqdim etgan. Stansiya qurilishi bilan bog‘liq qolgan xarajatlarni “O‘zbekenergo” DAK moliyalashtirgan.
Izoh (0)