Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanada qurolli kuchlari birinchi marta Suriya hududi bo‘ylab aviahujum uyushtirdi, deya xabar bermoqda “RBK” Kanada mudofaa vazirligiga tayanib.

Foto: openli.ru

Foto: openli.ru

Mart oyida Kanada hukumati IShID bilan kurash bo‘yicha harbiy missiyani kengaytirish haqida qaror qabul qilgan edi.

“Kengaytirilgan mandat doirasidagi birinchi aviazarba hukumatimizning Kanadaga qarshi terrorizm tahdidi bilan kurashda, shuningdek xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda kuchli qat’iyatga ega ekanligini ko‘rsatdi”, — dedi Kanada mudofaa vaziri Jeyson Kenni.

Rakka shahri yaqinida uyushtirilgan aviahujumda Kanadaning ikkita CF-18 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti koalitsiyaning o‘nta samolyoti hamrohligida qatnashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropaning qator davlatlari Istanbuldagi konsulligini yopdi. Turkiya to‘qqizta davlat elchisini TIVga chaqirtirdi
Mahalliy
Deputat Jahongir Ziyayev “xalqning ustidan kulayotgani” haqidagi xabar yolg‘on ekanini aytdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi