Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muassasa rahbariyati, prorektor, dekan va kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi sayti. Unda Badiiy Akademiya rahbariyati qatnashdi.

Foto: art-academy.uz

Foto: art-academy.uz

Kun tartibiga bir masala: institutning ilmiy ishlari bo‘yicha tayinlangan yangi prorektorini kollektivga tanishtirish. Bu lavozimga respublika rahbariyati tomonidan oliy ta’lim sohasida dekan lavozimida ishlab kelgan dotsent Xoshimov Akram Abdulazizovich tayinlandi. Yangi prorektorning tarjimai holi, uning faoliyati bilan Badiiy Akademiya bosh ilmiy kotibi A.Madraimov yig‘ilganlarga axborot berdi.

So‘ng O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nur A.Xoshimovni institut faoliyati bilan atroflicha tanishtirib, unga o‘z lavozimiga tezroq kirishib ketishi va institut jamoasi bilan yaqindan munosabatlarini o‘rnatib olishiga ishonch bildirda va ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

A.Xoshimov o‘z navbatida unga bildirilgan ishonchni oqlash uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini va institut obro‘sini ko‘tarishda tinmay mehnat qilishini aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda shuningdek, institut faoliyati bilan bog‘liq bir qancha masalalar ustida fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi