Rossiya yaqin yillar ichida Tojikistonga 70 milliard rubl hajmidagi harbiy-texnik ko‘mak ko‘rsatadi, deya xabar bermoqda “Kommersant” Rossiya Bosh shtabidagi manbasiga tayanib.
Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga 2014-yil yozidayoq erishilgan edi, biroq ko‘rsatiladigan yordam hajmi endi ma’lum bo‘ldi.
Tojikiston ko‘mak doirasida Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi bitim tashkiloti liniyasi bo‘yicha aloqa vositalari, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilardan tortib, aviatsiya, artilleriya va zenit-raketa qurilmalarigacha bo‘lgan keng turdagi qurol-yarog‘larga ega bo‘ladi. Qurollar asosan Rossiya Mudofaa vazirligi qismlaridan kelib tushadi.
Izoh (0)