Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” sport majmuasida uzoq kutilgan nufuzli musobaqa – qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Avvaliga Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Mirabror Usmonov, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Sobir Ro‘ziyev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Ommaviy axborot vositalari hodimlari musobaqa yuzasidan, shuningdek, ushbu sport turining dunyo miqyosida rivojlanib borishi borasidagi o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Shundan so‘ng jahon chempionatining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jahon chempionati bahslarini qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi vakillari boshlab berishdi. Kechaning o‘zida dastlabki g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Ruminiyalik Aleksandra Predesku va koreyalik Kim Muyeonki oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Qizlar. Shpaga
1. Aleksandra Predesku (Ruminiya)
2. Kinga Nad (Vengriya)
3. Elvira Martensonn (Shvesiya)
3. Alla Grishuk (Ukraina)
O‘smirlar. Shpaga
1. Muyeonki Kim (Janubiy Koreya)
2. Yakub Yurka (Chexiya)
3. Bense Bende (Vengriya)
3. Lois Beauleau (Kanada)
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati “O‘zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. O‘smirlar (17 yoshgacha) va yoshlar (21 yoshgacha) jahon chempionati medallari uchun bahs olib borishyapti.
Izoh (0)