Respublika bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va qator tashkilotlar hamkorligida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman!” ma’rifiy aksiyasi o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S. Sayyid va boshqalar mamlakatda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur sharoit yaratish, kitobga bo‘lgan mehrini oshirish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha axborot-resurs markazlarida shu kabi ma’rifiy aksiyalar, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bolalar uchun O‘zbekiston nashriyotlarida tayyorlangan kitoblar, albom va jurnallarning ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘g‘il-qizlarga badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar sovg‘a qilindi.
Avvalroq, mazkur aksiya davomida 2-aprel kuni Toshkent shahridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamda O‘zbekistondagi barcha 1073 ta axborot-resurs markazida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etilishi xabar qilingan edi.
Izoh (0)