2015-yil 26-mart kuni noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani I. Do‘son ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga eshik qulfini buzish yo‘li bilan kirdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, u do‘kondan jami 1 million 300 ming so‘mlik kiyim-kechak, Samsung rusumli noutbuk, Huaki rusumli modem hamda ma’lum miqdordagi pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchi 1991-yilda tug‘ilgan Yangiariq tumanida yashovchi shaxs ekani aniqlanib, qo‘lga olindi.
Jinoyat sodir etilgan joydan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar do‘konga qaytarildi. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)