Baykal ko‘lida halok bo‘lgan Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li mehmonxonadan muzlagan ko‘lga shunchaki selfiga tushish uchun borgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Mashina muz ostiga cho‘ka boshlaganda besh nafar yo‘lovchi undan chiqib olishga ulgurgan. Kichik Yanukovichda esa xavfsizlik kamari taqilgan va uning eshigi yopiq bo‘lgan. Mashina suv ostiga kirib ketgach, u eshikni ochishga muvaffaq bo‘lgan, biroq avtomobil chap tomonga qayrilib qolgan. Uning do‘stlari favqulodda vaziyatlar xizmatini yordamga chaqirgan.
Yanukovichning tanasi muz ostidan topilgan – u mashinadan chiqishga ulgurgan. O‘lim sababi chuqurlikdan ko‘tarilish vaqtida nafas qisilishi yoki muzlab qolishdan qaysi biri ekanligi haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)