AQSh prezidenti Barak Obama NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Vashingtonga uch kunlik tashrifi davomida u bilan uchrashmadi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Qayd etilishicha, Stoltenbergning kotibiyati Obama bilan uchrashuvni tashrifdan ancha oldin so‘ragan, biroq Oq uy ushbu murojaatni javobsiz qoldirgan. AQSh Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Bernadett Mian ushbu vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan.
Qayd etilishicha, avvalgi prezident kichik Jorj Bush har safar NATO bosh kotibi Vashingtonga tashrif buyurganda u bilan uchrashgan. AQShning NATO huzuridagi sobiq doimiy vakili Kurt Volker Obamaning ushbu harakatiga ishongisi kelmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)