Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xemmond Rossiyadan Qrimni Ukrainaga qaytarib berishni talab qildi. Bu haqda u yarim orolning RF tarkibiga kirganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan e’lon qilgan rasmiy bayonotida aytib o‘tdi.
“Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olinishi xalqaro qonunchilikning qo‘pol tarzda buzilishidir. U Ukraina huquqlari, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini butunlay mensimaslikni ko‘rsatib berdi. Rossiyaning chegaralarni o‘zgartirish uchun kuch ishlatishi butunlay nomaqbuldir”, — deya ta’kidladi Xemmond.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Qrimda bo‘lib o‘tgan referendumni tan olmaydi. U “Qrimning bosib olinishi 2014-yil martida noqonuniy bo‘lgani va 2015-yil martida ham noqonuniy bo‘lib qolishi”ni aytdi. “Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytarib berishi kerak”, — dedi Britaniya tashqi ishlar vaziri.
Izoh (0)