BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yuz bergan yong‘inga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa tutashuv sabab bo‘lgan, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Tashkilot matbuot xizmati xabar berishicha, yong‘in Bosh Assambleyaning suvenir do‘konlari joylashgan pastki qavatida sodir bo‘lgan.
“O‘t o‘chirish chog‘ida binoning ushbu qismiga biroz zarar yetdi, biroq bosh qarorgoh ertaga ochiladi”, — dedi BMT matbuot xizmati xodimi Vannina Maestrachchi.
Nashrning eslatishicha, BMTning Manxettendagi majmuasida yong‘in signalizatsiyasi mahalliy vaqt bilan 22-mart kuni kechki yetti atrofida ishlab ketgan. Xodimlar binodan evakuatsiya qilingan. O‘t tezda o‘chirilgan, bir soatda vaziyat o‘z o‘rniga tushgan.
Izoh (0)