Mustaqil Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakatning amaldagi bosh vaziri, Li Kuan Yuning o‘g‘li Li Syan Lun o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Singapur davlatining asoschisi beshinchi fevral kuni o‘tkir zotiljam kasalligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Bosh vazir matbuot xizmati 18-mart kuni Li Kuan Yuning ahvoli yomonlashgani haqida bayonot berdi.
Ma’lumot uchun, Li Kuan Yu Singapur hukumati tepasiga 1959-yilda kelgan bo‘lib, davlatni 1990-yilgacha uzluksiz boshqargan. Aynan uning davrida Singapur qashshoq davlatlar qatoridan chiqib, dunyoning moliyaviy markazlaridan biriga aylangan, aholi turmush darajasi bo‘yicha esa yuqori uchlikdan joy olgan.
Izoh (0)