Yevropa kengashi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sektorli iqtisodiy sanksiyalar kamida yil oxirigacha davom etishi haqida siyosiy qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda” YeI Kengashi qaroriga tayanib.
YeI sammiti qarori huquqiy jihatdan majburiy emas va hali “tasdiqlanishi lozim”. Shuningdek, Yevropa Kengashi “hukumatning islohotlar o‘tkazish masalasida qilayotgan harakatlarini tan oldi”. Nashr qayd etishicha, bu Yatsenyuk hukumati foydasiga aytilgan ilk oshkora dalildir. Shu paytgacha Bryussel islohotlarning yetarlicha tezkor bo‘lmayotganini doimiy ravishda tanqid qilib kelar edi.
Va nihoyat, Yevroittifoq Rossiya propaganda mashinasi kabi muammo borligini e’tirof etdi. Endi ushbu “gibrid urush”ga qarshi kurash uchun Yevropa davlatlarining ancha katta kuchlari va vositalari jalb etiladi.
Izoh (0)