“Mobinfo.uz” nashri so‘rov o‘tkazib, o‘z mushtariylarining ko‘pchiligi mobil qurilmalarni poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasidan sotib olishini aniqladi.
“Mobil telefonlarni qayerdan xarid qilasiz?” savoliga foydalanuvchilarning 67 foizi Toshkentning “Fleshka” majmuasini javob qilib ko‘rsatgan. Telefonlarni “Abu Saxiy” bozoridan sotib oladiganlar va boshqa mamlakatlardagi do‘st va tanishlari orqali buyurtma qiladiganlar ulushi bir xil — 12 foizni tashkil etdi. Sayt tashrifchilarining 9 foizigina telefonlarni turli xorijiy internet-do‘konlardan xarid qilishi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)