Facebook o‘zining “Hamjamiyat me’yorlari” — ijtimoiy tarmoqda nimani chop etish taqiqlanganini tushuntiruvchi qoidalarini yangilab, saytga joyladi.
Yangilangan qoidalar nafrat, qo‘rqitish, qabul qilish qiyin bo‘lgan materiallarni ifoda etish, yalang‘och badan suratini chop qilish, maxfiylik, xavfsizlik, intellektual mulk kabi turli mavzularga tegishlidir. Shu tariqa real tahdidlar yoki zo‘ravonlik aktlarini tashkillashtirish, terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati shuningdek irqiy yoki etnik mansublik, din, jins, jinsiy oriyentatsiya, nogironlik yoki kasallikka asoslangan haqoratlarni ham o‘chiradi.
Izoh (0)