Tayinli ishning etagini tutmay, kayf-u safo qilib yashashga moyil bo‘lgan yigit o‘tgan yilning 14-martida Andijon shahridagi savdo markazlaridan birida joylashgan Paynet shoxobchasiga kirib, shu yerda ishlovchi tanishining 1 million so‘mdan qimmatroq turadigan iPhone rusumli uyali telefonini qo‘ng‘iroq qilib olish uchun so‘rab, juftakni rostladi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Telefonni sotib, ulfatlari bilan bazm-jamshid uyushtirgan yigit mast holda bir hamtovog‘i bilan biror avtoulovni qo‘lga kiritish rejasini tuzdi. Ular ko‘chaga chiqib, kelayotgan Spark’ni to‘xtatdi. Mashina shaharning A. To‘qayev berk ko‘chasiga yetib kelganida, yigitlar oldindan ishlab chiqilgan reja asosida haydovchiga hujum qildi. Pichoqlangan haydovchi voqea joyida vafot etdi. Yigitlar yo‘l-yo‘lakay yana bir hamtovog‘ini mashinaga mindirib oldi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harakati bilan qotillar tezda qo‘lga olinib, ota og‘ir jinoyatni yashirgan yigitga oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil-u 8 oy muddatga axloq tuzatish jazosini tayinladi. Qotillikni sodir etgan yigitlar esa umrining katta qismini panjara ortida o‘tkazishga mahkum qilindi, deyiladi manbada.
Izoh (0)