“Ukraina atamanlari” jamoasi Jahon boks seriyasi (WSB) ligasining to‘qqizinchi turi doirasida “Britaniya sheryuraklari” ustidan 4:1 hisobida g‘alab qozondi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Londonda bo‘lib o‘tgan janglarda Denis Poyatsika, Xurshid Normatov, Hasanboy Do‘smatov va Nikolay Butsenko g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Mger Oganesyan mag‘lubiyatga uchragan.
17 ochko bilan “A” guruhida Kuba (24 ochko) va Rossiya (18 ochko) jamoalaridan keyin uchinchi o‘rinda borayotgan “Ukraina atamanlari” navbatdagi janglarni 20-mart kuni Kiyevda “Xitoy ajdarholari”ga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)