Bosniyalik mutaxassis Vohid Xalilxojich Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi, deb xabar beradi Uff.uz.
U bilan 2018-yilga qadar shartnoma imzolandi. Endilikda 62 yoshli mutaxassis Yaponiya terma jamoasini Jahon chempionati – 2018 musobaqasiga tayyorlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Xalilxojich Jazoir termasini boshqargan bo‘lib, ushbu terma jamoa bilan u JCh–2014da 1/8 finalgacha borib, bo‘lajak chempionlar Germaniya termasiga mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)