Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan “Real” − “Shalke” javob uchrashuvida madridliklar kutilmagan mag‘lubiyatga uchrashuvdi, biroq musobaqadagi yurishlarini davom ettiradigan bo‘lishdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Fuks mexmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 0:1. 25-daqiqaga kelib Ronaldu hisobni tenglashtirdi, 1:1. Xuntelar 40-daqiqada o‘z sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi, 1:2. 45-daqiqada bo‘lsa yana Ronaldu hisobni tenglashtirdi, 2:2.
52-daqiqaga kelib Benzema Anchelotti shogirdlarini hisobda oldinga olib chiqdi, 3:2. 57-daqiqada Sane hisobdagi muvozonatni tikladi, 3:3.
84-daqiqadagi Xuntelarning goli o‘yindagi so‘nggisi bo‘ldi va yakuniy natijani o‘rnatdi, 3:4.
Madridning “Real” klubi mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay chorak final masalasini hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final. Javob uchrashuvi
“Real Madrid” Ispaniya – “Shalke-04” Germaniya 3:4 (2:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 20 Fuks, 1:1 – 25 Ronaldu, 1:2 – 40 Xuntelar, 2:2 – 45 Ronaldu, 3:2 – 52 Benzema, 3:3 – 57 Sane, 3:4 – 84 Xuntelar.
“Real Madrid” – Kasilyas, Arbeloa (Nacho, 83), Varan, Pepe, Koentrau (Marselo, 58), Isko, Xedira (Modrich, 58), Beyl, Kroos, Benzema, Ronaldu.
“Shalke-04” – Vellenroyter, Nastasich, Matip, Xevedes, Fuks, Xeger (Goretska, 57), Noyshtedter, Shupo-Moting (Sane, 29), Mayer, Barnetta (Utida, 81), Xuntelar.
Ogohlantirishlar: Ronaldu (31), Koentrau (55), Noyshtedter (90).
Izoh (0)