Saudiya Arabistoni Shvetsiya bilan diplomatik mojaro tufayli o‘zining Stokgolmdagi elchisini chaqirib olishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Qayd etilishicha, 10-mart kuni Shvetsiya Saudiya Arabistoni bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi. Bunday qarorga arab diplomatlari Shvetsiya TIVning Saudiya Arabistonidagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qilishiga noroziligi tufayli kelingan.
O‘z navbatida, Shvetsiya Saudiya Arabistonida bloger Raif Badaviyning 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi va o‘nlab darra urishga mahkum etilishini qoralab chiqqan edi.
Izoh (0)