Faqat quyosh energiyasi yordamida dunyo bo‘ylab sayohat qilmoqchi bo‘lgan Shveysariyaning quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti 10-mart, seshanba kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga kelib qo‘ndi. Bu haqda loyiha jamoasining Twitter’dagi xabariga tayanib, Interfax ma’lum qildi.
Bu dunyo bo‘ylab parvozning ikkinchi bosqichidir. Bir kun avvalroq Solar Impulse Abu-Dabidan uchib ketib, Ummonning Maskat shahriga qo‘ngan edi.
Endi samolyot Ahmadoboddan Hindistonning boshqa shahri — Varanasiga yo‘l olishi kerak.
Solar Impulse 2 o‘tgan yilning aprelida taqdim etilgan, iyunida esa sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Uning qanotlari qulochi 72 metr, og‘irligi 2,3 tonnaga teng. Samolyot qanoti 17,2 mingta quyosh batareyalari bilan qoplangan. Samolyotning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil etadi.
Izoh (0)