AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainaga qurol yetkazib berish g‘oyasidan voz kechdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Bunday qarorni u 9-fevral kuni Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashgach, qabul qilgan.
Germaniyaning Vashingtondagi elchisi Peter Vittig so‘zlariga ko‘ra, Obama Merkel bilan uchrashuvda “diplomatik, siyosiy intilishlarni amalga oshirishga imkon berish”ga rozilik bildirgan. “Ikkala mamlakat yetakchilari ushbu masala borasida fikr almashdi va hozir o‘lim keltiruvchi mudofaa qurollari yetkazib berish vaqti emasligi bo‘yicha fikrlari bir joydan chiqdi”, — dedi diplomat.
Izoh (0)