Joriy yilning 7-8-mart kunlari Hindistonning Chennay shahrida regbi bo‘yicha o‘tkazilgan Asian Olympic Pre-Qualifier xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Birinchi kun bo‘lib o‘tgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Hindiston (12:5), Janubiy Koreya (22:7), Filippin (17:5) va Eron (32:0) terma jamoalarini mag‘lub etdi. Ikkinchi kungi bahslarda O‘zbekiston vakillari garchi Guam terma jamoasiga 10:12 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, hal qiluvchi final bahsida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Final uchrashuvida mezbon Hindiston terma jamoasini yirik 38:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Endi O‘zbekiston vakillari 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan saralash o‘yinlarida ishtirok etadi. Saralash bahslari shu yilning noyabr oyida Gonkong va Tokio shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)