O‘zbekistonda 6 oylik va 5 yoshli bolalarga A vitamini berilishining navbatdagi bosqichi o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Aksiyadan asosiy maqsad bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning immun tizimini oshirish hamda A vitamini tanqisligini kamaytirishdan iborat.
Vitaminlashtirish yashash joylaridagi barcha tibbiy muassasalar hamda vitaminlashtirish punktlarida bepul amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, A vitamini tanqisligi ko‘pgina mamlakatlarda aholi salomatligi bo‘yicha eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 275 millionga (ulardan 140 million nafari maktabgacha yoshdagi bolalar) yaqin odam A vitamini tanqisligiga uchragan. Natijada ularning 500 ming nafari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan, 3 millionga yaqin bola vafot etgan.
Izoh (0)