AQSh va Germaniya harbiy instruktorlari Rossiya hududi ustida kuzatuv parvozini amalga oshiradi. Bu haqda Rossiya Yadro xavfsizligini kamaytirish milliy markazi rahbari Sergey Rijkov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“2-martdan 7-martgacha Ochiq osmon to‘g‘risidagi xalqaro shartnomani amalga oshirish doirasida AQSh va Germaniya qo‘shma missiyasi Xabarovsk shahridagi aerodromdan AQShning OS-135B kuzatuv samolyotida Rossiya Federatsiyasi ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradi”, − dedi Rijkov.Uning ta’kidlashicha, kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha parvoz vaqtida kuzatuv samolyoti bortidagi rossiyalik mutaxassislar parvozning kelishilgan parametrliga qat’iy amal qilinishini va shartnomda ko‘zda tutilgan kuzatuv apparatlari qo‘llanilishini nazorat qiladi.
Izoh (0)