Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirligi Abu-Dabining Ukrainaga qurol yetkazib berish niyati haqidagi bayonotini rad etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” mamlakat TIV rahbari Faris al Mazruiyga tayanib.
“Yaqinda BAA va Ukraina o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan bitim Abu-Dabi tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazilishi bo‘yicha qandaydir shartnomani nazarda tutmaydi”, — dedi u.
Mazruiy so‘zlariga ko‘ra, hujjat “shunchaki mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning kelajakdagi tizimining bir qismi xolos”.
Izoh (0)