Dunyodagi eng yirik alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi Coca-Cola korporatsiyasi 26-fevral, payshanba kuni 8,5 milliard yevrolik obligatsiyalarni joylashtirdi, deya xabar bermoqda Interfax.
Bu amerikalik emitent (qimmatli qog‘ozlar va qog‘oz pul chiqarish huquqiga ega bo‘lgan davlat, bank yoki idora) tomonidan joylashtirilgan yevro bilan belgilangan eng yirik qiymatdagi qimmatli qog‘ozlar bo‘ldi.
Yil boshidan buyon amerikalik emitentlar tomonidan yevroda joylangan obligatsiyalar hajmi deyarli 28 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkich (13 milliard dollar)dan deyarli ikki barobar ko‘pdir.
Izoh (0)