Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati (“Rosselxoznadzor”) Ukrainadan Rossiya orqali O‘zbekistonga 65 tonna baliq konservalari olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymadi, deya xabar bermoqda Uzdaily Federal xizmatning Bryansk va Smolensk oblastlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotiga tayanib.
Baliq konservalari partiyasi Ukrainaning VINTAR zavodidan O‘zbekistondagi Po‘latov M.V. xususiy korxonasiga jo‘natilgan va Ukraina davlat veterinar xizmati tomonidan berilgan veterinar guvohnomaga ega bo‘lgan.
Biroq O‘zbekiston Respublikasi veterinar xizmatining ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan, natijada partiyani ortga qaytarib yuborish haqida qaror qabul qilingan.
Izoh (0)