O‘zbekiston xalq artisti, ko‘plab o‘lmas qo‘shiqlar ijrochisi Kamoliddin Rahimov 2015-yil 25-fevral kuni 72 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Ma’lumot uchun, ustoz san’atkor 1943-yil 12-yanvarda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. 1987-yil O‘zbekiston Madaniyat va san’at institutini tugallagan. Uning “Nargiz”, “Qaydasan”, “Tortadur”, “Yarashmas”, “Dildorim erursan” singari qo‘shiqlari xalq ko‘nglidan joy olgan.
Izoh (0)