“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimiga aktrisa va xonanda Jennifer Lopes qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan hashamatli Elie Saab ko‘ylagida keldi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Aktyor Robert Dyuvalning rafiqasi Lusiana Pedrasa ham marosimga xuddi shunga o‘xshash libosda tashrif buyurdi, faqat uning rangi sal boshqacharoq edi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Los-Anjeles shahrida 87-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Marosimni amerikalik aktyor Nik Patrik Xarris olib bordi. An’anaga ko‘ra, marosimning qizil yo‘lakchasida yulduzlar o‘z liboslarini ko‘z-ko‘z qildi.
Izoh (0)