Qozog‘istonning Olma-ota shahrida shaxmat bo‘yicha ikkinchi an’anaviy blits-turnir o‘tkazildi. Mazkur musobaqada jami 11 nafar shaxmat ustalari aylanma tizimda g‘oliblik uchun bahs yuritdi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Blits-turnirda O‘zbekiston nomidan xalqaro grossmeyster Anton Filippov va Azamat Daurimbetov ishtirok etdi.
Tajribali sportchi Anton Filippov 10 partiyaning 5 tasida g‘alaba qozonib, uch uchrashuvda durang natija qayd etdi va 6,5 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egalladi. O‘n imkoniyatdan uch ochko jamg‘argan Azamat Daurimbetov esa 10-o‘rinni band etdi.
Izoh (0)