Ozarbayjon Milliy Majlisi spikerining birinchi o‘rinbosari Ziyafet Askerov Rossiyadan Bokuga qahramon shahar maqomi berilishini so‘rashni yoqlab chiqdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Bunday taklif deputat Yevda Abramovdan chiqqan. Askerovning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Ozarbayjon parlamentida bir necha marta ko‘tarilgan va o‘zining adolatli yechimini kutmoqda.
“Rossiya Sobiq Ittifoqning yuridik vorisi hisoblanadi, biz tarixiy adolat tiklanishini istaymiz. Biz Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba Boku nefti va ozarbayjonlik neftchilar evaziga erishilgani bo‘yicha tarixiy fakt tasdiqlnishini xohlaymiz xolos. Dunyo buni tan olishi lozim”, − dedi Askerov.
Qayd etilishicha, Sobiq Ittifoq davrida 1941−1945-yillardagi urushda ko‘rsatgan qahramonona mudofaasi uchun 12 ta shaharga qahramon shahar maqomi berilgan.
Izoh (0)