Germaniya prokuraturasi 94 yoshli nemisga Ikkinchi jahon urushi vaqtida Polsha hududidagi Osvensim (Aushvits-Birkenau) qiynoqlar lagerida 3681 nafar mahbusni o‘ldirishda ishtirok etishda ayblov e‘lon qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Yoshi ulug‘ligiga qaramay, gumondor sud oldida javob beradi. Uning ismi ma’lum qilinmayapti. Pensioner 1944-yilning 15-avgustidan 14-sentabrigacha bo‘lgan davrda Osvensim lagerida amalga oshirilgan jinoyatlar uchun sudlanadi.
U o‘sha davrda Germaniyaning SS maxsus xizmati serjanit bo‘lib, lagerdagi shifoxonada ishlagan va shu sababli 1944 ta qotillikni amalga oshirishda yordam berganlikda ayblanishi mumkin.
Izoh (0)