Chirchiq shahridagi qahvaxonalardan birining oldida ikki noma’lum shaxs chirchiqlik fuqaroni qo‘rqitdi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Qayd etilishicha, zo‘ravonlar fuqaroning LG rusumli uyali telefoni va 50 ming so‘m pulini tortib olib, voqea joyidan yashiringan.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida mazkur talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi shaxslar sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. Hozirda ularga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)