“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi doirasida qariyalar uchun maxsus “Nuroniy.net” internet-portalini ochish ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Infocom.uz”. U “Elektron hukumat” axborot tizimi bilan integratsiyalashgan bo‘ladi.
Ushbu loyiha doirasida portalning tegishli bo‘limlariga keksalar uchun mavjud bo‘lgan imtiyozlar, pensiya to‘g‘risidagi va boshqa qonunchilik, yangiliklar, konsultatsiyalar joylanadi.
Portalga Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining barcha hududiy bo‘linmalari, “Saxovat” uylari, keksalar uchun sanatoriyalar, madaniyat markazlari, axborot-resurs markazlari jalb qilinadi.
Izoh (0)