“Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostidagi Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar festivali O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 19-fevraldan 1-martga qadar tashkil etilmoqda, deb xabar beradi “Uz24.uz” Yoshlar madaniyat va san’at markazi axborot xizmatiga tayanib.
Festivalga shu yilning 14-fevral kuni Toshkent shahrida start berilgan edi. Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan gala-konsertda 250 nafardan ziyod madaniyat va san’at vakillari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va boshqa ta’lim muassalari talabalari ishtirok etdi. Festival, shuningdek, 19-fevral kuni Farg‘ona, 20-fevral kuni Andijon, 21-fevral kuni Namangan viloyatlarida o‘tkazildi.
Xabar berilganidek, festival fevral oyining so‘ngiga qadar respublikaning boshqa hududlarida ham davom etadi. Jumladan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 24-fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida;
- Samarqand viloyatida 24-fevral kuni Samarqand san’at kolleji konsert zalida;
- Xorazm viloyatida 25-fevral kuni Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida;
- Navoiy viloyatida 25-fevral kuni “Farhod” madaniyat saroyida;
- Sirdaryo viloyatida 25-fevral kuni O.Xo‘jayev nomidagi musiqali drama teatrida;
- Buxoro viloyatida 26-fevral kuni Viloyat musiqali drama teatrida;
- Surxondaryo viloyatida 26-fevral kuni M.Uyg‘ur nomidagi musiqali drama teatrida;
- Jizzax viloyatida 26-fevral kuni Y.Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrida;
- Qashqadaryo viloyatida 27-fevral kuni M.Toshmuhammedov nomidagi musiqali drama teatrida;
- Toshkent viloyatida 27-fevral kuni Olmaliq shahri “Metallurg” saroyida.
Izoh (0)