Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga bosim o‘tkazishga urinishni “avantyura” deb atab, bunga doimo munosib javob berilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Hech kimda Rossiyadan harbiy ustunlikka erishib bo‘ladi, degan xomxayol bo‘lmasligi kerak. Qanday bosim uyushtirilsa ham, bunday sarguzashtlarga urinishlarga bizning doimo munosib javobimiz bo‘ladi. Askarlarimiz va ofitserlarimiz eng qiyin va nostandart vazifalarni ham bajara olishlarini isbotlashdi”, − dedi Putin Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali konsertda.
Shuningdek, u Rossiya armiyasi har doim takomillashib, eng zamonaviy talablarga mos bo‘lib borayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)