Qashqadaryodagi “Bank expo – 2015” milliy ko‘rgazmasida viloyatda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari, kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta va lizing kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Tadbirda keyingi yillarda bank-moliya tizimida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari, yangi texnologiya va xizmatlar, tadbirkorlik subyektlari, yosh oilalar, kollej bitiruvchilari, xotin-qizlarga taklif etilayotgan bank xizmatlari bo‘yicha ma’lumot berildi.
Ko‘rgazma doirasida tijorat banklari tomonidan chekka hududlarda ish olib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklari, endi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarning bandlikni ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblariga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
Izoh (0)