O‘zbekistonga 2015-yilning martida Farmatsevtik mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha Hindiston kengashi (Pharmexcil) rahbarligida hind ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
8—11-mart kunlari O‘zbekistonda Hindiston farmatsevtika sohasining 70 nafar mutaxassislari bo‘ladi.
Delegatsiya tarkibiga dori preparatlari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hind kompaniyalari rahbarlari kiradi.
Tashrif doirasida 9-mart kuni biznes-forum va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)