Samsung kompaniyasi o‘tgan oy oxirida o‘z debyutini amalga oshirgan Galaxy J1 smartfonining yangilangan versiyasini taqdim etdi, deb yozadi “3dnews.ru”.
Galaxy J1 4G to‘rtinchi avlod LTE mobil tarmog‘ini “ko‘tara oladi”. Bundan tashqari, original modelda bo‘lgani kabi Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 simsiz aloqa adapterlariga ega.
Smartfonning yangilangan versiyasi to‘rt yadroli 1,2 GGs protsessor (bazaviy versiyasida 2 yadroli) asosiga qurilgan. Yana bir o‘zgarish tezkor xotiraga tegishli bo‘ldi: u 512 dan 768 megabaytgacha kengaytirildi.
Qolgan xususiyatlar o‘z holicha qoldi: bular 4,3 dyuym 800×480 pikselli displey, 5 megapikselli asosiy va 2 megapikselli old kamera va 1800 mA/s sig‘imili akkumulyator.
Smartfonning o‘lchamlari 129×68,2×8,9 mm, og‘irligi 122 grammga teng. U Android 4.4 (KitKat) operatsion tizimida ishlaydi. Galaxy J1 4G mart oyida ko‘k, oq va qora ranglarda sotuvga chiqadi. Uning narxi 140 yevroga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)