Toshkentda Xitoyning Doogee Hitman DG850 smartfoni sotuvga chiqdi, deya xabar bermoqda “Mobinfo.uz”. Uning dizayni Xiaomi Mi4 flagman smartfonini eslatadi.
Qurilma 5 dyuymli, 1280×720 pikselli HD IPS-ekran, to‘rt yadroli MTK6582 protsessori, 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega.
Akkumulyatori sig‘imi 2500 mA/s ga teng. Smartfonga bir yo‘la ikkita SIM-karta joylash mumkin. Doogee Hitman DG850 Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Poytaxtdagi “Fleshka” savdo majmuasida smartfonni 780 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)