Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin kompaniyaning o‘zlaridagi 4,4 milliard dollarlik aksiyalarni yaqin ikki yil ichida sotish rejalarini oshkor qildi, deb yozadi “RBK”.
Ushbu aksiyalar sotilgach, Brin va Peyjda yana 45 milliard dollarlik aksiyalar qoladi. Financial Times yozishicha, endi Amerikaning IT-kompaniyasi asoschilarida o‘zlari 2004-yil — Google ochiq kompaniyaga aylangan paytida egalik qilgan aksiyalarning yarmiga yaqini qolgan.
Brin va Peyj alohida sinfdagi aksiyalarni sotmoqchi, ushbu aksiyalar ularning kompaniyada ovozlarning 54,6 foiziga egalik qilishini ta’minlaydi (aksiyalarning umumiy hajmida bu 13 foizga teng). Bu aksiyalarni sotgach, ularda 52% ovoz ustidan nazorat qoladi.
Izoh (0)